Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 21-ноябрь 2024, 20:07
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda

Ayni damda 60 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda.

Darslar sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan, unda:
➖ Fransiya tarixi hamda ta'lim tizimi, 
➖ dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
➖ til o‘rganishda og‘zaki nutq darajasini oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Jarayonlar Nitsa shahrining Cote d'Azur universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida joriy yilda jami 120 nafar fransuz tili ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan.