Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-сентябрь 2024, 12:23
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Ta'lim va kasb — 2024” ko'rgazmasi o'tkazildi

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda TMC Institute Tashkent hamkorligida umumta'lim maktab bitiruvchilari uchun “Ta'lim va kasb — 2024” ko'rgazmasi o'tkazildi. 
TMC Institute Tashkent bosh o'quv binosida uyushtirilgan tadbirda poytaxtimizdagi o'ndan ortiq davlat hamda nodavlat oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari ishtirok etdi. Unda ko'rgazma ishtirokchilari bitiruvchi-yoshlarga ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim qilishdi.