Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 10-июль 2024, 16:56
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta'lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasiga start berildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta'lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasiga start berildi. 
Bugun "Yangi O‘zbekiston" universitetida mazkur loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Tadbir avvalida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov so‘zga chiqib, ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan mazkur loyihaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 
Ochilish marosimida, shuningdek elchixona maslahatchisi va Bosh Konsuli Kuk Jang Hyun, Koreya Ta'lim markazi rahbari Pang Chu Man, vazirlik va elchixona mas'ullari hamda loyiha ishtirokchisi bo‘lgan ustozlar qatnashdi. 

➖ Ma'lumot o‘rnida: qayta tayyorlov kurslari offlayn va onlayn shaklda tashkil etilmoqda va 25-dekabrga qadar davom etadi. 
Ushbu loyihada eng yaxshi natija qayd etgan ustozlar Koreyada amaliyot o‘tash uchun yuborilishi ko‘zda tutilgan.