Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-сентябрь 2024, 09:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Aniq va tabiiy fanlar ustozlarga sertifikatlar topshirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan treninglarning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Unda vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etib, 5 kunlik treninglarning natijalari, kelgusidagi rejalar hamda loyihalar haqida so‘z yuritdi. 
Shundan so‘ng, treninglarda qatnashgan ustozlarga sertifikat topshirildi. 
Ma'lumot o‘rnida: treninglarda Respublikamiz bo‘ylab 260 nafar ustozlar ishtirok etishdi. 

Mahorat darslarida o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazish, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda so‘z bordi.