Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 10-октябрь 2024, 15:08
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktab kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

28-sentyabr kuni 5-maktab kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 10-V, 11-B sinf o‘quvchilari, xavfsizlik organlari faxriylari polkovnik Azimov Malik Akimovich va Rahmatov Shavkat Obloberdievichlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda davlat xavfsizligi organlarining tashkil topish tarixi, ularning rivojlanishi va maqsadiga oid masalalar ko‘tarildi. Mehmonlar o‘zlarining kasbiy faoliyatidan misollar keltirib, maxsus xizmatlar oldida turgan vazifalar va ularning ijrosi haqida jonli, tushunarli so‘zlab berdilar, o'quvchilarning savollariga javob berdilar.