Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-ноябрь 2024, 21:41
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda


Joriy yilning avgust-dekabr oylarida Jahon Bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilishi belgilangan.

✅Ayni vaqtda loyiha doirasida Xorazm viloyati, Xiva shahrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagoglarining kasbiy mahorati oshirilmoqda.

📌 Taʼkidlash joizki, 36 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli kurslarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6 mingdan ziyod metodistlari va 75 mingdan ziyod tarbiyachilari o‘qitiladi.

🔅To‘rt bosqichdan iborat o‘quvlar bolalarda ijtimoiy-hissiy, sanoq va kognitiv ko‘nikmalari hamda nutq, muloqot, o‘qish, yozish malakalarini rivojlantirishga qaratilgan modullar asosida o‘tkaziladi.

😄Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davomida hududlarda tayanch davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari, metodistlar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 450 nafar trenerlari o‘qitiladi.