Yunusobod tumanidagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” Respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tanlovning oʻzbek tili fani yoʻnalishida N.Kubayeva (Jizzax viloyati) faxrli birinchi o'rinni egalladi. S.Doniyorova (Buxoro), I.Yoʻldosheva (Xorazm)lar keyingi pog'onalardan joy oldi. Ona tili fani yoʻnalishi boʻyicha B.Joʻrayev (Fargʻona) birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Oʻ.Abduraimova (Jizzax) hamda I.Yusupova (Qoraqalpogʻiston) ikkinchi va uchinchi o'ringa munosib topildi.
Mirzo Ulug'bek tumanidagi 208-maktab o'zbek tili o'qituvchisi Nigora Rahmatova “Eng ijodkor o'qituvchi”, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi ona tili o'qituvchisi Dono Saidaxmedova “Eng jonkuyar o'qituvchi” nominatsiyalari g'olibi bo'ldi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati