Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 30-апрель 2025, 13:46
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yunusobod tumanidagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dildora Davidova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva hamda  masʼul xodimlar maktab direktorlari, oʻqituvchi va oʻquvchilarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Tadbirda vazir oʻrinbosari Sardor Radjabov yangi baholash tizimini toʻla joriy etishdagi muhim masalalar, jumladan, uning xalqaro doiradagi ahamiyati, oʻquvchilarning kelajagiga ijobiy taʼsiri, oʻqituvchilar va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik masalalariga doir berilgan savollarga hayotiy misollar asosida javob berdi.

Ochiq muloqotda masʼullar  yangi baholash tizimining oʻziga xos jihatlari haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.  




Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati