Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-февраль 2025, 14:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanloviga start berildi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy markaz bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostidagi ko‘rik-tanloviga start berildi.

➖ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarda giyohvandlikka qarshi  immunitetni shakllantirish, bu illatga qarshi murosasiz kurash kayfiyatini uyg‘otish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari bo‘yicha bilimlarini yuksaltirish, shuningdek ijodiy salohiyatini yana-da oshirishdan iborat.

📍Mazkur tanlov 4 bosqichda: maktab, tuman (shahar), hududiy va Respublika bosqichlarida insho va tasviriy sanʼat yo‘nalishida o‘tkaziladi.

📌 Maʼlumot uchun: 

Birinchi bosqich: umumtaʼlim maktablarida 4-fevraldan 10-fevralga qadar;

Ikkinchi bosqich: tuman (shahar)larda 15-fevraldan 25-fevralga qadar;

Uchinchi bosqich: 15-martdan 25-martga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda;

Yakuniy bosqich: Respublika bosqichi aprel oyida o‘tkaziladi.

❗️Barcha o‘quvchi-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!