Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 30-апрель 2025, 13:46
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumani 5-sonli maktabda 10 mart kuni o‘quvchilar va Respublika Ichki Ishlar qoshidagi Kinologiya bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Tadbir IIO kinologiya bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish, sohadagi xizmat itlarini naslchilik ishlari samaradorligini oshirish, xizmat itlarini tayyorlash hamda jismoniy va yuridik  shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash pullik xizmatlar asosida amalga oshirilishi tushuntirildi.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir davomida kinologiya xizmat itlari yordamida umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi. Xususan, xizmat itlarining buyruqlarini bajarishi, iz olishi, giyohvandlik vositalarini qidirib topish ko‘nikmalari ko‘rsatildi.