Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 19-ноябрь 2024, 14:31
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Amir Temurning harbiy yurishlari 7-sinfda O`zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmasi


Sinf: 7
Fan: O`zbekiston tarixi.
Mavzu:Amir Temurning harbiy yurishlari
Darsning maqsadi:
Ta`limiy:  O`quvchilarga Amir Temurning harbiy yurishlari haqida batafsil ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: Ushbu mavzu bilan qurollantirish orqali o`quvchilarni vatanga muhabbatini oshirish va ajdodlarga munosib voris qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Amir Temurning harbiy yurishlari haqidagi bilimlarini boyitish orqali erkin fikrlashga undash.
Dars tipi: yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, zakovatli-zukko, shatranj).
Dars didaktikasi
  1. Jihozi: Darslik, O`zbekiston va Dunyoning siyosiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`oz, bukletlar;
  2. Texnik vositalar: Kompyuter, vidyeoproyektor, ekran.
Darsning blok sxemasi
T/r
Darning bosqichlari
 
Vaqt (daqiqa)
1
Tashkiliy qism
3
2
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni takrorlash.
8
3
Yangi mavzuni tushuntirish.
15
4
Interfaol usullardan foydalangan holda yangi mavzuni mustahkamlash.
15
5
O`quvchilarni baholash.
2
6
Uyga vazifa berish.
2
 
                            DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Darsning maqsadi.
O`quvchilarga  Amir Temurning harbiy yurishlari haqidagi     barcha bilimlarni batafsil berish. 
Darsning vazifasi.
Ushbu mavzuga qiziqtirish va tarix faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Darsning tashkil etish texnologiyasi.
Uslub: Ko`rgazmali-amaliy.
Shakl: Kichik guruhda va individual tartibda ishlash.
Usul: Noan`anaviy
Nazorat: Og`zaki, yozma va o`z-o`zini baholash.
Vosita:  Darslik, xaritalar, o`quv qurollari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar.
Baholash: rag`batlantirish va besh ball tizim asosida.
Kutiladigan natija.
O`qituvchi:
Bir darsda hamma o`quvchini baholaydi. Mavzu haqida batafsil ma`lumot to`playdi. Qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishadi.O`quvchilarda bilim, ko`nikma va malaka hosil qiladi.
O`quvchi:
O`z fikriga ega boladi. Qisqa vaqtda ko`p ma``lumotga ega bo`ladi. Fikrlash, esda saqlash va nutq qobiliyati oshadi. Guruh bilan ishlash malakasi oshadi.
Kelgusi rejalar.
O`qituvchi:
Ilg`or pedagogik texnologiyani o`rganadi. O`z darsini tahlil qiladi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi. O`quvchiga har tomonlama  ibrat     bo`lishga harakat qiladi.
O`quvchi:
O`z ustida ishlaydi. Bilim darajasi oshadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir xulosaga kelish malakasi oshadi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi.
 
Darsning shiori: “Tarixiy xotirasiz, kelajak yo`q”.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. (3 daqiqa) 
a)Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash ).
b) Darsning mavzusi va masadini e`lon qilish.
d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish:
e) O`quvchilarni guruhga bo`lish. Guruhlarga “Amir Temur”, “Mirzo Ulug`bek” va “Bobur” nomlarini berish.
f) Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.
1. O`zaro hamkorlik.
2. Do`stlik.
3. Topqirlik.
4. Tezkorlik.
5. Zukkolik.
6. Hamjihatlik.
i) Baholash mezonlari. “ Ofarin “,  “ Barakallo “,  “Harakat qil” so`zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan darsni takrorlash (8 daqiqa).
O`tilgan darsni takrorlash maqsadida “Aqliy hujum” o`tkazamiz, bunda har uchala guruhga mantiqiy savol beriladi.
So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib, “Zakovatli zukko” o`yini o`tkaziladi. Barcha guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib, “Charxpalak” asbobidan olingan savolga javob beradi.

Savollardan namunalar:
1.Amir Temur bilan Amir Husaiyn o`rtasidagi nizo qanday yakun topdi?
2.1370-yilning 11-aprelida o`tkazilgan qurultoyning tarixiy ahamiyati nimadan iborat?
3.Samarqand shahrini qaytadan bunyod qilishda Amir Temurning xizmati to`g`risida nimalarni bilib oldingiz? 
4.Movaraunnahrning sharqiy hududlari qanday yo`l bilan birlashtirildi?
5.Xorazm yurishlari va uning natijasi haqida gapirib bering? 
6.Bu davrda Amir Temurning tarixiy xizmati nimadan iborat? 
So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib, yangi mavzu bayoniga o`tiladi.
             
Yangi mavzuni bayoni  (15 daqiqa)
Mamlakat xavfsizligi yo‘lida
Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo‘g‘uliston xonlari Chig‘atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin 0‘rda va Oq 0‘rdaga bo‘linib ket- gan Jo‘ji ulusi xonlari ham shimoliy hududlar hamda Xorazm tomon­dan xavf solib turardi.
Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O‘rda va Oltin O‘rda edi. Avval Amir Temur Oltin 0‘rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo‘ji ulusini o‘z davlatiga qo‘shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O‘rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o‘tadigan karvon yo‘lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko‘zlaydi.
Amir Temur o‘z maqsadini amalga oshirish uehun Jo‘ji ulusidagi o‘zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O‘rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba’zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To‘xtamish Oq 0‘rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko‘rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O‘rda taxtini egalladi.
Amir Temur va To‘xtamish
Keyinchalik To‘xtamish xoinlik yo‘liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada Amir Te­mur To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi.
So‘nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kav- kazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Shiddatli muhoraba uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga chiday olmagan To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To‘xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiy- laming ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.
Eron, Iroq, Shorn, Hindistonga yurish
Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengay- tirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gur- jiston va Armanistondagi (Van ko‘li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim boiib, moli omon to‘lagan sha- harlarga tegmagan, qo‘shinlami bunday shaharlarga kiritmagan.
Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayir- machilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko‘tarilgan qo‘z- g‘olonlar Amir Temuming Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi.
1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan.
Keng koiamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo‘lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o‘rtasida to‘rt marta xat al- mashish tashabbuskori bo‘lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysar- lik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so‘zlami ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qora- qo‘yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylaming Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Anqara jangi
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvehi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir boiadi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi boiib 360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temuming taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo‘shinning markaziy qismiga Amir Temuming o‘zi qo‘mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohib­qiron kuchlari turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga   olinadi. Uning bilan birga o‘g‘li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlami ta’qib etib Bursa va 0‘rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salbchilaming Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o‘z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to‘lanadigan bo`ldi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temumi Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohib­qiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Us­monli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temuming to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.
Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash koii va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysund!ri4gan mam- lakatlaming shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod “ -лband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo’llarida rabotlar, qal’alar, ko‘priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog‘-u bo‘stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yoTlarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi. Amir Temur Yevropaning Fran­siya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘matdi.
Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil to- pishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo‘g‘ullaming bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo‘jalikning asosi bo‘lgan sug‘orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.
Amir Temur avvalo Osiyo sarkardasi edi. U o‘zining g‘olib askar- laridan o‘z zamonasining taomili bo‘yicha foydalandi. To‘g‘ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko‘pincha adolatli bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» — «Adolat sohibi» nomlari bilan ulug‘lanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash  (15 daqiqa)
Yangi mavzu “Klaster” usuli orqali mustahkamlanadi. Bunda guruhlar berilgan gullar yaprog`ini mavzuga oid ma`lumotlar bilan to`ldiradi.
Berilgan kartichkalar savollar  o`quvchilar slayd orqali berilgan savollarga javob beradi. 
Savollardan namunalar:
1. Anqara jangi qachon sodir bo‘ldi va qanday yakunlandi?
2. Amir Temur turk sultoni vorislariga nima uchun muruvvat ko‘rsat- ganligini va uning maqsadi nima ekanligini bilib oldingizmi?
3. Amir Temuming Sulton Boyazid ustidan qozongan g‘alabasi Yevropa taqdirida qanday ro‘l o‘ynadi?
Savollarga javob berishiga qarab, guruhlar rag`batlantiriladi.

O`quvchilarni baholash (2 daqiqa)
Guruhlar to`plagan rag`bat  jamlanmalari hisoblanadi va g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa berish (2 daqiqa)
1. Mavzu haqida to`liq ma`lumot to`plab kelish.
2. Jadval ko`rinishida obidalarni tushirib kelish.
3. Tarixiy xarita bilan ishlash mahoratini oshirish.