Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-декабрь 2024, 23:16
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Furqatning “Sayding qo‘yo ber, sayyod” musaddasi 9-sinfda adabiyot fanidan dars ishlanmasi

    1. Shoirning vatanda va musofirlikda kechgan hayoti va ijodi hamda uning o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni (takrorlash).
    2. «Sayding g‘o‘ya ber, sayyod» musaddasining tahlili.
    3. Asardagi obrazlarni taqqoslash va ularga tavsif berish.
    4. Xulosa. Uy vazifasi.

Mazkur asarni o‘rganishning dasturiy talqini: «Sayding qoya ber, sayyod» musaddasida tarixiy voqelikning badiiy ifodalanishi. Unda tutqunlik fojiasining aks etganligi, erk va erksizlikning uchrashishi, hurlikka tashnalik tuygusining ifodalanishi. Sayd", sayyod va lirik qahramon obrazlari talqini. Musaddasning badiiy xususiyatlari. Furqatningmahoratini ochishga qaratilgan.  Butun dars shu talqin asosida tashkil qilingan.
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga Furqat shaxsi, uning o‘zbek adabiyoti xazinasiga qo‘shgan hissasi haqida bilim berish, musaddas haqida nazariy ma'lumot berish, ularda badiiy tahlil malakasini shakllantirish; tarbiyaviy maqsadi: mumtoz she’r tahlili bilan o‘quvchilar ma’naviyatidagi bo‘shliqni to‘ldirish, shakllanayotgan shaxsni o‘zganing dardini his qilishga o‘rgatish; rivojlafitiruvchi maqsadi: shoirning asarlari zamiriga yashiringan hayotiy haqiqatlari va «men»ini kashf etish, mazkur musaddas tahlili asosida o‘quvchilarda badiiy so‘zga muhabbat hissini tarbiyalash, shu yo‘l bilan ularni ma’naviy kamolot sari yo‘naltirish tarzida belgilangan.
Darsda shoir portreti, Furqat sayohati aks ettirilgan xarita, Furqat ijodi yoritilgan ilmiy manbalardan jihoz sifatida foydalanilgan. Darsda badiiy tahlil, taqqoslash va suhbat usullarini qo‘llangan.
O‘quvchilar dars rejasidan xabardor qilinadi. Bu, avvalo, ularning fikrini bir nuqtaga qaratishga, dars jarayonida bajarilayotgan ishlarga diqqat bilan qarashga o‘rgatsa, qolaversa, o‘quvchilarni ham qiladigan ishlarini shunday rejalashtirib olishga, ish jarayonida boshqa narsalarga chalg‘ib ketmaslikka orgatadi.  Barcha ko‘rgazmalar darstaxtaga osib qo‘yilgan holda dars boshlanadi.
Darsni uy vazifasi sifatida berilgan topshiriq - «Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang» g‘azali yuzasidan darslikdagi beshinchi topshiriq yuzasidan bajargan ishlarini tekshirishdan boshlanadi.
Ya’ni «Sayding qo‘ya ber, sayyod»ni sinfda badiiy so‘zga iqtidori bor bir o‘quvchiga (unga avvaldan bu topshiriqni berib qo‘yiladi) ifodali o‘qitiladi. So‘ngra o‘quvchilarni asarda uchraydigan eskirgan so‘zlarning
mazmuni bilan tanishtiriladi (sayd - ov, sayyod - ovchi, dom - tuzoq, baliyat - balo, qayg‘u, paymona - sabr-kosa, uzlat - yolg‘izlik, fig‘or - yarali).
0‘qituvchi asar haqida umumiy ma’lumot berib, u mazmuni bilan Yorkentda yozilganligidan dalolat berishini, she’r olti bandli misralardan tashkil topgan bo‘lib, oxirgi ikki misra hamma bandda takrorlanib kelayotganini ma'lum qiladi. Shunga ko‘ra ham bu she’r tarti’band musaddas deb ataladi. Birinchi band yoddan o‘qib beriladi:
Sayding qoya ber, sayyod, sayyora ekan mandek,
0l, domini boynidan, bechora ekan mandek,
0‘z yorini topmasdan, ovora ekan mandek,
Iqboli nigun baxti ham qora ekan mandek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mandek
tinglovchilarga quyidagi savol-topshiriqlar bilan murojaat qilinadi: 
1. Shoir bilan saydni taqqoslang. Misralar qatiga yashiringan shoir «meni»ni aniqlashga urinib ko‘ring. Ular orasida qanday o‘xshashlik bor? 
2. «Hijron oqidin jismi kop yora ekan mandek, Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mandek» misralarini qanday tushundingiz?. 
3. Nima deb o‘ylaysiz, nega bu misralar har bandda takrorlanib kelgan? Faqat musaddas janrining talabidanmi yoki ularda boshqa bir badiiy yuk bormi?
Zarur bo‘lgan joylarda o‘quvchilarning fikrlarini to‘ldirib, ikkinchi band o‘qituvchi tomonidan o‘qiladi:
Kes rishtanikim, qilsin chapaliar otib jasta,
Hajrida alam tortib, boldi jigari xasta,
Toglarga chiqib bolsin yora bilan payvasta,
Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta.
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mandek.
1. Sayyod timsolini ijtimoiy hayotda kimga o‘xshatish mumkin? 
2. Sayyodning saydi bilan tog‘lar orasida qanday bog‘liqlik bor? 
3. Mazkur banddagi qaysi misrada o‘tinch hissi kuchliroq ifodalangan deb o‘ylaysiz?
O‘quvchilar bu savollarga ham o‘z imkoniyatlari darajasida javob beradilar.
Besh кип sening davringda bechora xirom etsun, 
Ohular ila oynab, ayshini mudom etsun,
Yomgir suvi tolganda, tog‘ lolani jom etsun,
Haqqingga duo aylab, umrini tamom etsun.
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mandek.
1. «Besh кип» iborasini qanday tushundingiz? 
2. Tog‘ lolasi bilan ohuning bir-biriga qanday aloqasi bo‘lishi mumkin? Sargashta bu vodiyda bir boshiga rahm etgil,
Yoq toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil,
Yiglab senga termulur, koz yoshiga rahm etgil,
Rahm etmasang oziga, yoldoshiga rahm etgil,
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mandek.

1. «Yiglab senga termulur, koz yoshiga rahm etgil,
Rahm etmasang oziga, yoldoshiga rahm etgil» misralarini qanday tushundingiz? 
2. Nima deb o‘ylaysiz, saydning sayyod qo‘lidan qutulib ketish imkoniyati bormi?
Togda ochilib lola, yer sabza bahor olsa,
Oxir bu nechuk bedod, olam anga tor olsa,
Chiqmay desa joyidin uzlatda figor olsa,
Gar chiqsa banogohi, domiga duchor olsa.
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora ekan mandek.

1. «Chiqmay desa joyidin uzlatda figor o'lsa» misrasidagi «uzlatda fig‘or bo‘l”ishi bilan ovchining
«dom»ida bo‘lish o‘rtasida qanday farq bor? 
2.0huning qaysi jihatiga mumtoz adabiyotda alohida e’tibor qaratiladi?
 Bechorani zulm aylab, qo‘l-bo‘ynini boglabsan,
Har sori chekib-sudrab oldirgani choglabsan,
Koksini jafo birla lola kabi doglabsan,
Sot menga, agar qasding olguvchi soroglabsan.
 Hijron oqidin jismi ko‘p yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bag‘ri sadpora ekan mandek.

1. Ovchi ovini qanday holatga solgani haqidagi misralarni qayta o‘qing. Ovchi shaxsiga munosabat bildiring.
2. Nima deb o‘ylaysiz, sizningcha «Sot menga, agar qasding olguvchi so‘roglabsan»misrasida yashirin ma’no bormi?
Yoq xushi pari tekkan devonaga oxshaydur,
Koz yoshi yana tolgan paymonaga oxshaydur,
Gam seli bilan kongli vayronaga oxshaydur,
Furqatda bu Sa’dullo xayronaga oxshaydur.
Hijron oqidin jismi kop yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mandek.

1. Buncha iztiroblar, o‘tinchlarning sababchisi bo‘lgan Sa’dullo kim deb o‘ylaysiz? Furqatning Sa’dullo bilan qanday aloqasi bo‘lishi mumkin? 3. U Furqatning do‘sti  bo‘lishi mumkinmi yoki biror afsonaviy qahramonmi?
Ba’zi o‘quvchilar ohuning musibatli ahvolini tarixiy rivoyat qahramoni Sa’dulloga o‘xshatishadi. U butun umrini tog‘larda hayvonlar bilan o‘tkazgan, ohu kabi har xil yovvoyi hayvonlar-u parrandalarga yaxshilik qilgan devona inson timsoli ekanini aytdilar.
Bir qism o‘quvchilar esa Sa’dullo Furqatning sodiq do‘sti, shoir ekanligini, uning sayohatlari davomida Furqat bilan birgalikda bo‘lganligini, Yorkentga ham birga borganligini hamda Furqatga ko‘p yaxshiliklar qilgan inson ekanligini aytishadi.
Dars so‘ngida o‘quvchilardan ovchi va ohuga xos xislatlarni topish so‘raladi. Ular ovchida bemehrlik, berahmlik, xudbinlik, qabihlik, ochko‘zlik kabi salbiy xislatlar borligini aytishadi. Bu illatlar ovchining qaysi ishlarida ko‘rinishini o‘qituvchi so‘raydi. Ohu timsolida ko‘ringan itoatgo‘ylik, qo‘rqoqlik, ehtiyotsizlik, jur’atsizlik singari sifatlar qaysi misralarda tasvirlanganini ham aniqlaydilar.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi va uy vazifasi sifatida «Kishi holimni bilmas, mehribonidin adashganman» muxammasini shu tariqa tahlil qilish ixtiyoriy uy vazifasi sifatida topshiriladi. Qolganlarga she’rni yod olish vazifasi beriladi.