Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-май 2024, 17:38
 Bosh sahifa  Mobile versiya

2023 - 2024 o`quv yilida o`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari

Maktabgacha maktab ta'limi vazirining 2024-yil 20-martdagi 87-sonli buyrug'i bilan 2023-2024-o'quv yilida umumta'lim muassasalarida o'quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi tartib tasdiqlandi.
 
Unga ko'ra yakuniy nazorat imtihonlari o'tkaziladigan fanlarning ro'yxati va imtihon o'tkazish shakllari quyidagicha belgilandi:
 
9-sinf uchun
Ona tili va adabiyot-yozma
Davlat tili (ta'lim tili o'zbek tili bo'lmagan sinflar uchun)-yozma
Matematika-yozma
O'zbekiston tarixi-yozma va og'zaki
Jismoniy tarbiya-amaliy
 
Yakuniy nazorat:
 
11-sinf uchun
Ona tili va adabiyot-yozma(insho)
Matematika-yozma
O'zbek tili (ta'lim o'zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o'rta muassasalari uchun)-yozma va og'zaki.
Ta'lim muassasasi tanlovi**
Chet tili-yozma/og'zaki 
O'zbekiston tarixi-yozma/og'zaki
 
*O'quvchining tanlovi bo'yicha:
Kimyo
Fizika
Davlat huquq asoslari
Geografiya-yozma
 
Izoh: *11-sinfda har bir o'quvchining ixtiyoriy tanloviga ko'ra tanlov(variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilishidan bir oy oldin o'quvchining arizasiga ko'ra tanlanadi.
 
*11-sinfda har bir o'quvchining ixtiyoriy tanloviva ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilishidan bir oy oldin ta'lim muassasasi tomonidan tanlanadi.
 
Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.
 
9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan 27-may, Matematika fanidan-30-may kunlari bitiruv imtihonlari o'tkaziladi.
 
11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan 29-may, Matematika fanidan 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o'tkaziladi.
 
Ko'zi ojiz, zaif ko'ruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar umumta'lim muassasalariga qo'yilgan talablar asosida o'tkazilsin(Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
 
Ko'r, zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar Ona tili va adabiyot fanidan va Matematika fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faqat Texnologiya fani bo'yicha imtihonlar o'tkaziladi.