Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-июль 2025, 21:52
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT, TANLOV!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Jadid” gazetasi tahririyati hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jadid bobomga maktub” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

➖ jadid maʼrifatparvarlaridan biriga xat tarzida yozilgan insho (daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan holda, husnixat bilan qoʻlda yozilgan boʻlishi shart);

➖ shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, maktabi va sinfi koʻrsatilgan holda @Jadidtanlovi_bot telegram boti orqali joriy yil 20-iyundan 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

➖ Tanlovga taqdim etilgan insholar 100 ballik tizimda baholanadi. Koʻchirilgan yoki sunʼiy intellekt ishtirokida tayyorlangan materiallar aniqlangan taqdirda tanlovdan olib tashlanadi.

Tanlov gʻoliblari Diplom, jadidlar qalamiga mansub kitoblar toʻplami va quyidagi pul mukofotlari bilan mukofotlanadi:

📍 1 ta birinchi oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;
📍 2 ta ikkinchi oʻrin – har biri 4 000 000 (toʻrt million) soʻmdan;
📍 3 ta uchinchi oʻrin – har biri 3 000 000 (uch million) soʻmdan;
📍 10 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin – har biri 1 000 000 (bir million) soʻmdan.

➡️ Tanlov gʻolib va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida aniqlanadi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi. Ularning ijodiy ishlari “Jadid” gazetasida chop etiladi.

👉 Shuningdek, birinchi oʻrin gʻolibi oʻqiyotgan maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi.