Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-сентябрь 2024, 09:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Tabiat inʻomlari” respublika onlayn tanloviga start berildi!


✅Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Tabiat inʻomlari” respublika videoroliklar tanlovini e'lon qiladi!
Tanlovning maqsadi suv va energiya resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish, tabiat in’om etgan boyliklarga nisbatan tejamkorlik mas’uliyatini oshirish, atrof-muhitni asrashga qaratilgan g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan iborat.
⚠️Tanlov shartlariga ko'ra suv va energiyani tejashga bagʻishlangan videorolik tayyorlab, uni @Tabiatnavolari telegram manziliga yuborish zarur.
Tanlov 10-fevral kuni soat 18.00 ga qadar davom etadi. 
🎁Tanlov gʻoliblari Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlovda respublikamizning barcha ta’lim muassasalaridagi 2-4-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining  telegram kanalida eʻlon qilinadi!

♾Aziz oʻquvchilar!
Tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling. Barchangizga omad yor boʻlsin!
Tanlov nizomi bilan quyidagi havola (https://telegra.ph/Tabiat-inomlari-nomli-onlayn-ertaklar-videoroliklari-tanlovi-NIZOMI-01-23) orqali tanishish mumkin.