Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-сентябрь 2024, 09:26
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT, E'LON!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qiladi.

📝Aksiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi: kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantiriladi.

❗️ Aksiyani umumta’lim maktabida o‘tkazish uchun direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi mas’ul hisoblanadi.

📚 Aksiya davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar mart oyining oxiriga qadar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va kutubxonachi tomonidan savol-javob va intellektual o‘yin shaklida aniqlanadi hamda ularga maktab rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi va sertifikat topshiriladi.