Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-сентябрь 2024, 12:23
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Kitobxonlik festivali” Toshkent shahrida


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida hududlarda “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi festival Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

📘 Festivalda kitobsevar o‘quvchilar, kutubxonachilar hamda ota-onalar ishtirok etishadi.

🎉 Festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi:

🔹 “Ijodkor bolalar”
🔹 “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi”
🔹 “Ajdodlar siymosi qalblarda mangu”
🔹 “Eng faol kutubxonachi”
🔹 “Eng yaxshi kitobxon oila”

☝️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni 15-may kuni “Kitobxonlik festivali” ga chorlab qolamiz!

🎁 Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi!