Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-сентябрь 2024, 12:23
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Yurtim jamoli” mavzusida onlayn rasmlar tanlovini e’lon qiladi

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi tomonidan 10-iyuldan 16-iyulga qadar Toshkent shahar umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida  “Yurtim jamoli” mavzusida onlayn rasmlar  tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga qatnashish shartlari va o‘tkazish tartibi:
Tanlovda qatnashish uchun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi https://t.me/tshbk_rasmiy ga ulanish lozim.

Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom (nizom) orqali tanishing!
Qadrli kitobxon o‘quvchilar! O‘z ijodiy ishlaringizni quyidagi telegram havolasi (admin) ga yuborishingiz so‘raladi!
-@konkursadmin01

Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar Toshkent shahar Bolalar kutubxonasining telegramdagi kanalida e’lon qilib boriladi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
- 1-o‘rin
- 2-o‘rin
- 3-o‘rin

Ushbu nizom o’quvchilar o’rtasida ona yurtimizning go’zal tabiatini ranglarda aks ettirib shu orqali Vatanga bo’lgan muhabbatlarini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

1️⃣ Umumiy qoidalar:
- ko‘rik tanlov Toshkent shahar umumta’lim maktablari o‘quvchilarining 4-7 sinflar o’rtasida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ko‘rik tanlovning maqsad va vazifalari:
   - bolalar o’rtasida ijodiy qobilyatga ega bo’lgan keng tasavvurli yoshlarni aniqlash ularning ona yurtimiz tabiatiga bo’lgan mehrini yanada yuksaltirish ko’zda tutilgan.
3️⃣ Tanlov shartlari va o‘tkazish tartibi:
    - tanlovda qatnashish uchun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga a’zo bo‘lish talab etiladi;
 - tanlov 2024-yil 10-iyuldan 16-iyulga qadar o‘tkaziladi;
 -tanlovda ishtirokchilar chizgan rasmlarida mavzudan chetlanmagan holda yurtimiz jamolini aks ettiruvchi manzaralarni tasvirlashlari talab etiladi. Bunda o’z tassavurlaridagi go’zalliklar tabiat bilan bog’liq holatda chizgilarida namoyon etirilishi kerak.
- mazkur tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan sanadan kechiktirmasdan o‘z ijodiy ishlarini @konkursadmin01 telegram havolasi (admin) orqali yuborishingiz so‘raladi. 
- qabul qilingan har bir ijodiy ish rasmiy telegram kanalimizda e’lon qilib boriladi;
- belgilangan muddatdan keyin yuborilgan rasmlar tanlov uchun qabul qilinmaydi.
4️⃣ Baholash mezonlari va g‘oliblarni taqdirlash:
-tanlovga yuborilgan rasmlar hakamlar hayati tomonidan tanlab olinib g’oliblar aniqlangach ishtirokchilar jonli tarzda ham o’z mahoratlarini ko’rsatib bera olishlari kerak. Bu esa g’olib o’quvchilarimizni tanlab olishda yanada xolislikni ta’minlab beradi;
5️⃣ Baholashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-tabiat manzalarini tabiiy holida tasvirlash, ranglarni to’g’ri tanlash va uyg’unlikni ko’rsata olish ;
6️⃣ Tanlov yakuniga ko‘ra o‘rinlar: 
- 1-o‘rin telefon;
- 2-o‘rin quloqchin;
- 3-o‘rin aqlli soat;
7️⃣ Tanlov shartlari va uni o‘tkazish jarayonlari Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. 
8️⃣ G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 2025-yili “Kitobxonlik festevali”da tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi.